Grammidin® sprey anestetik bilan dori preparatini tibbiyotda qo‘llashga doir yo‘riqnoma

Ro‘yxatdan o‘tish raqami: DV/X 08683/03/21
Preparatning savdo nomi: Grammidin® anestetik bilan
Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlovchi nomi:
Gramitsidin C + oksibuprokain + setilpiridiniy xloridi
Dori shakli: mahalliy qo‘llash uchun dozalangan sprey

Yuklab olish
red-spray.png

Preparatning bir dozasi quyidagilarni saqlaydi:
Ta’sir etuvchi moddalar:

  • Gramitsidin C digidroxloridi - 0,0638 mg (gramitsidin C ga qayta hisoblanganda - 0,06 mg)
  • Oksibuprokain gidroxloridi - 0,15 mg
  • Setilpiridiniy xloridi - 0,10 mg
Yordamchi moddalar:
  • Etanol 96 % - 19,00 mg
  • Sukraloza - 0,20 mg
  • Glitserol - 33,20 mg
  • Yalpizli xushbo‘ylashtirgich - 0,82 mg
  • Limon kislotasi monogidrati - 0,058 mg
  • Natriy sitrati - 0,022 mg
  • Polisorbat 80 - 0,40 mg
  • Metilparagidroksibenzoat (metilparaben) - 0,184 mg
  • Propilparagidroksibenzoat (propilparaben) - 0,02 mg
  • Tozalangan suv - do 0,20 ml

Ta’rifi: Shaffof yoki opalessensiyalovchi, rangsiz yoki sarg‘ish tusli, o‘ziga xos yalpiz ta’mli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi:antibiotik + mahalliy og‘riq qoldiruvchi vosita + antiseptik vosita.
ATX kodi: [R02АА20].

Farmakodinamikasi

Tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ining infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparat.

Preparatning tarkibiga mikroblarga qarshi vosita gramitsidin C, mahalliy og‘riq qoldiruvchi vosita - oksibuprokain va antiseptik vosita - setilpiridiniy xloridi kiradi..

Gramitsidin Cning ta’sir ko‘rsatish mexanizmi mikrob hujayrasi sitoplazmatik membranasining o‘tkazuvchanligini oshirish bilan bog‘liq, bu esa uning turg‘unligini buzib, hujayralarning halok bo‘lishiga olib keladi. Gramitsidin C keng ko‘lamli grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan antibakterial ta’sir ko‘rsatadi.

Anestetik oksibuprokain og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavatiga mahalliy og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Nerv hujayralarining aksonlari orqali nerv impulslari tarqalishi va o‘tkazilishining qaytuvchi blokadasiga olib keladi.

Setilpiridiniy xloridi antiseptik vositalarga mansub bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarining o‘sishini va ko‘payishini bostiradi.

Preparat mikroblarga qarshi ta’sir, og‘riq qoldiruvchi samara ko‘rsatadi, yallig‘lanishni kamaytiradi, tomoqdagi yoqimsiz hislarni yumshatadi, yutinishni yengillashtiradi.

Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanilishida ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidan deyarli so‘rilmaydi.

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning yuqumli-yallig‘lanish kasalliklari: faringit, tonzillit, parodontit, gingivit, stomatit.

  • gramitsidin Cga, oksibuprokainga, setilpiridiniy xloridiga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;;
  • emizish davri;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Agar ona uchun potensial foydasi homila uchun ehtimolli xavfdan yuqori bo‘lsa preparatni qo‘llash mumkin. Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki homiladorlikni gumon qilayotgan bo‘lsangiz, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Preparat komponentlari ko‘krak sutiga kirib borishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Laktatsiya davrida preparatning qo‘llash zarurati tug‘ilganida ko‘krak bilan oziqlantirishni to‘xtatish kerak.

Mahalliy, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatiga va tomoqqa purkash yo‘li bilan. Ovqatdan keyin qo‘llaniladi.

Spreydan foydalanishdan oldin dastlab ballonni chayqating va bosish moslamasiga ikki marta bosing.

Kattalar uchun dozasi: bir qo‘llashda 4 purkashdan kuniga 3 marta 7 kun davomida.

Preparatni bevosita qo‘llashdan keyin 1 soat davomida ovqat va ichimliklarni qabul qilishdan tiyilish kerak.

Agar davolash davrida yaxshilanish boshlanmayotgan yoki simptomlar og‘irlashayotgan, yoki yangi simptomlar paydo bo‘layotgan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Preparatni faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan shunday ko‘rsatmalarga, qo‘llash usuliga va dozalarga binoan qo‘llang.

Preparat komponentlariga allergik reaksiyalar, til sezgirligining vaqtinchalik yo‘qotilishi vujudga kelishi mumkin. Agar Sizda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya ta’sirlar kuzatilsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Simptomlari: preparatni tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda qo‘llash ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, til sezgirligining yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatib, shifokorga murojaat qilish lozim.

Hozirgi paytda boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro aloqasi bo‘lgan holatlar ta’riflangan.

25 °Cdan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llanilmasin.

Xaridorlardan e’tirozlarni ishlab chiqaruvchi korxona qabul qiladi

"Valenta Farm" AJ

141101, Rossiya, Moskva viloyati, Shyolkovo sh., Fabrichnaya ko‘ch., 2-uy.

Tel. +7 (495) 933 48 62, faks +7 (495) 933 48 63.